Cho'lquvar QFYda 150 bola qamroviga ega davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ishga tushirildi.
Unga hozirgi kunda 100 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olindi, muassasaga 29 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.
Bog'cha binosini mukammal ta'mirlash uchun mahalliy byudjetning orttirilgan qismi hisobidan 1 mlrd. 926 mln.so'm mablag' sarflandi. Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vazirligi hisobidan 216 mln.so'mga jihozlash ishlari (bolalar krovatchalari, stol-stul, kiyim javonlari, yumshoq jihozlar) amalga oshirilib, "Navro'z" bayramiga tuhfa sifatida foydalanishga topshirildi, deb yozadi Kasbi.uz telegram kanali.