Xususan, “OʻZLITINEFTGAZ” AJ qoshida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2021-yil 25-avgustdagi 369-sonli qaroriga asosan, “Neft va gaz konlarini ishlab chiqish va ishlatish” mutaxassisligi boʻyicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) (DSc.23/25.08.2021.T.136.01) 04.00.13 ilmiy darajalarini berish vakolatiga ega boʻlgan Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash tashkil etildi.
Ushbu kengashning tashkil etilishi sohada yuqori malakali ilmiy va muhandis xodimlarni tayyorlash va ularni ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish, neft va gaz operatsiyalarida texnologik yutuqni taʼminlash, malakali kadrlar mavjudligini inobatga olgan holda, intensiv oʻqitish, mutaxassislarni ilmiy va texnologik faoliyatga jalb qilish, shuningdek, ilmiy yoʻnalishlarni jadal shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.