Mahsulotlarni ochiq birja savdolari orqali sotishning yana bir eng muhim afzallik tomoni shundan iboratki, turli korrupsion holatlar oldi olinadi, chunki mahsulotlarni birja orqali sotilganda inson omili mavjud boʻlmaydi va savdolar elektron tarzda avtomatlashtirilgan holatda boʻladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirigʻi bilan aksiyadorlik jamiyatida ham tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida birja tizimidan foydalanish keng yoʻlga qoʻyildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ oʻz mahsulotlarini sotishda birja tizimidan foydalanishni boshlagandan keyin jamiyatning iqtisodiy unumdorligi ijobiy tomonga oʻzgardi. Misol tariqasida jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan oltingugurt mahsulotini eksportini keltirish mumkin.

Ushbu mahsulotning 1 tonnasi 2020-yilda eksportga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida oʻrtacha 6 AQSH dollardan sotilgan, ichki bozordagi narxi esa 34800 soʻmni tashkil qilgan.

2021-yilda Boshqaruv raisining tashabbusi bilan ushbu mahsulotni birja savdolari orqali sotish yoʻlga qoʻyilgach, hozirgi kundagi narxi “DAP st.Xojadavlet” shartlari asosida 1 tonnasi oʻrtacha 23,42 AQSH dollariga, “DAP st. Karakalpakstan eksp.” shartlari asosida 1 tonnasi oʻrtacha 29,42 AQSH dollariga, “DAP st. Xayraton” shartlari asosida 1 tonnasi oʻrtacha 36,1 AQSH dollariga va granulali oltingugurtning narxi “DAP st.Xojadavlet” shartlari asosida 1 tonnasi oʻrtacha 35,62 AQSH dollariga koʻtarilgan.

Yaʼni kukunsimon oltingugurtning birjadagi narxi toʻgʻridan-toʻgʻri shartonma orqali sotilgan narxga nisbatan 332%ga, granulali oltingugurtning narxi esa 594%ga oshgan. Bugungi kunda ichki bozorda birja savdolari orqali sotilgan oltingugurtning narxi “FCA ct.Sernыy” zavod shartlari asosida 1 tonnasi oʻrtacha 398 ming soʻmga koʻtarilgan va bu toʻgʻridan-toʻgʻri shartonma orqali sotilgan narxga nisbatan 1150%ga oshgan.

Joriy yil 1-sentyabr holatiga koʻra “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan boshqa turdagi mahsulotlarning birja savdolari orqali ichki va tashqi bozorga sotilishida va shartnomalar tuzilishida ham quyidagi ijobiy holatni kuzatish mumkin:

  • 2021-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, birja savdolari orqali 333,8 ming tonna (5,5 mln dollar) oltingugurt mahsuloti, 3,9 ming tonna (4,5 mln dollar) polietilen mahsuloti eksportga chiqarildi.
  • 2021-yil 1-sentyabr holatiga ichki bozorga birja savdolari orqali 216,3 ming tonna (41 mlrd soʻm) oltingugurt mahsuloti va 20,05 ming tonna (95 mlrd soʻm) suyultirilgan gaz mahsuloti sotildi.
  • 2021-yil 1-sentyabr holatiga ichki bozorga 2806 ta birja shartnomasi (247,2 mlrd.soʻm) va eksportga 123 ta birja shartnomasi (10 mln dollar) tuzildi.

Xulosa qilib aytganda “Oʻzbekneftgaz” AJda ochiq birja savdolari orqali sotiladigan tovarlarning roʻyxati kengaytirildi. Sogʻlom raqobat natijasida real bozor sharoitlarini hisobga olgan holda, mahsulotlarga narx belgilashning zamonaviy mexanizmi joriy etildi. Ilgʻor axborot texnologiyalarini tadbiq etish orqali jamiyat iqtisodiy samaradorligini oshirishda katta ijobiy natijalarga erishilmoqda.