Ushbu voqea 2020-yil 28-dekabr soat 21:23da Toshkent

metropolitenining “Alisher Navoiy” nomli bekatida sodir boʻldi. Unda 1982-yilda tugʻilgan fuqaro oʻzini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yoʻliga yotib oldi. Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik boʻlimining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olindi.

Ushbu fuqaro jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, qoidabuzar shaxs depressiya holatida boʻlganligi va oʻzining nojoʻya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etgan ekan.

Ushbu holat boʻyicha tergov ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.