Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Men u (AQSh Prezidenti Donald Tramp) HAMASni yo'q qilish vazifasini bajarish uchun Amerika qo'shinlarini yuborish haqida gapirdi, deb o'ylamayman. Bu bizning majburiyatimiz. Bu bizning ishimiz va biz bunga to'liq sodiqmiz”, dedi u.
“Va menimcha, u buni moliyalashtiraman deb aytgani ham yo'q. U buni qo'shni davlatlar, boy davlatlar qilishini aytdi”, deya qo'shimcha qildi Netanyaxu.
“Ammo g'oya haqiqatdan ham ketmoqchi bo'lgan g'azoliklarga shunday qilish imkoniyatini yaratib berishni nazarda tutadi. Aytmoqchimanki, buning nimasi yomon? Ular ketishlari, keyin qaytishlari, ko'chib ketishlari va qaytishlari mumkin. Lekin siz G'azoni qayta qurishingiz kerak”, dedi Isroil Bosh vaziri.
4-fevral kuni Tramp Netanyaxu bilan Oq uyda bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng o'tkazgan qo'shma matbuot anjumanida AQShning “G'azo sektorini olish” va hududni “Yaqin Sharq Rivyerasi”ga aylantirish rejasini e'lon qildi. Amerika yetakchisi, shuningdek, anklavdagi falastinliklarni mintaqaning boshqa mamlakatlariga joylashtirilishini aytdi va AQSh G'azo sektoriga qo'shin yuborishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.