Nevrolog Pavel Xoroshevning fikricha, suv tanqisligi qon oqimining pasayishini keltirib chiqaradi, bu esa miya va boshqa to'qimalarni kislorod va ozuqa moddalaridan mahrum qiladi. Tegishli retseptorlar og'riqni yuzaga keltiradi.
Uning fikricha, mazkur holatni bartaraf etish uchun suv iste'moli bilan bog'liq qoidalarga rioya qilish kifoya. Pavel Xoroshev qishda kuniga o'rtacha 2 dan 2,5 litrgacha, yozda esa kamida 2,5 litr suv ichishni tavsiya qildi.
Nevrolog yana ikkita bosh og'rig'i omilini – ichki bosimining oshishi va intoksikatsiya haqida ham aytib o'tdi. Intoksikatsiyada suv ichish rejimini me'yorlashtirish undan uni bartaraf etishda yordam beradi, deb xabar beradi mir24.tv.