Tibbiyot fanlari nomzodi D.Mirazimov professional faoliyatini aynan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. Shundan keyin ushbu muassasada shifokor-neyroxirurg, bosh shifokor boʻlib ishlagan.

Bundan tashqari, D. Mirazimov Sogʻliqni saqlash vazirligida bosh boshqarma boshligʻi, Vazirlar Mahkamasida shuba mudiri kabi masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

U 2020-yildan beri 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.