Nigina Abduraimova juftlikda yarim finalga chiqdi

    Buyuk Britaniyaning Shrusberi shahrida tennis boʻyicha ITF W100 turniri boʻlib oʻtmoqda.

    Mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham oʻz omadini sinab koʻryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi polshalik Paula Kaniya-Chodun bilan hamkorlikda yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

    Ular ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi, ruminiyaliklar Monika Nikulesku va Yelena Gabriela Ruseni taslim etgan edi. Chorak final uchrashuvida esa britaniyalik tennischilar Jon-Baptiste Laurin va Eliz Maloni juftligi 6/4, 7/5 hisobida magʻlub etildi.

    Ertaga Nigina va Paula final chiptasi uchun chexiyalik tennischilar - Miryam Kolodjedova hamda Marketa Vondroushovaga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 14:00 da boshlanadi.