“NKMK” AJda konchilik texnikalari yangilanmoqda

    “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”ning Davlat dasturi hamda 2030-yilgacha “NKMK” AJni barqaror rivojlantirish dasturiga muvofiq, joriy yil boshidan korxonada muhim investitsion loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

    Ushbu loyihalardan biri kombinatning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolishga qaratilgan boʻlib, konchilik va qayta ishlash korxonalarida 200 ta kon-transport, texnologik, energetika va kon-mexanika texnikalarini almashtirish va yangilashdir.

    Bugungi kunda mazkur loyiha doirasida 12 ta togʻ-kon texnika va uskunalari xarid qilindi.

    Mazkur investitsiya loyihasining amalga oshirilishi jismonan va maʼnan eskirgan uskunalarni modernizatsiya qilish va ularni zamonaviy texnikalarga almashtirish imkonini beradi. Bu oʻz navbatida ish unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


    “NKMK” AJ Matbuot xizmati.


    Reklama