Bu haqda Stokgolmdagi Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasining Nobel qo'mitasi ma'lum qildi.

Aspe, Klauzer va Zaylinger kvant mexanikasidagi tadqiqotlari, xususan, chalkash fotonlar ustida tajribalar, Bell tengsizliklarining buzilishini aniqlash va kvant axborot fani sohasidagi kashfiyotlari uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq ko'rildi.

Ularning har biri kvant chalkashliklarining ta'sirini tavsiflashga hissa qo'shdi. Qachonlardir bir xil tizimning bir qismi bo'lgan zarralar, hatto, uzoq masofalarda ham, bir-biridan bir necha kilometr masofada ham o'zaro aloqa qilishda davom etadi. Ushbu sohadagi bilimlar bugungi kunda o'ta tezkor kvant kompyuterlarini ishlab chiqish uchun juda dolzarbdir, deyiladi ria.ru saytida.