Nodirbek bugun Germaniyaning Dyusseldorf shahrida davom etayotgan shaxmat boʻyicha nufuzli “WR Chess Masters” turnirida 2-tur oʻyinini oʻtkazadi.

Kecha musobaqaning 1-turi doirasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida 2-oʻrinni egallab turgan Yan Nepomnyashiyga qarshi qora donalarda oʻyin oʻtkazdi va durangga erishdi.

Bugun musobaqada 2-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi. Nodirbek bugun yana bir rossiyalik grossmeyster Andrey Yesipenkoga qarshi oq donalarda oʻynaydi.