Sovrin jamgʻarmasi 130 ming yevroni tashkil etadigan turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Turnirda umumiy hisobda 10 nafar shaxmatchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi.
Musobaqada Nodirbekdan tashqari, Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kristof Duda, Gukesh, Vinsent Keymar, Pragnananda, Andrey Yespiyenko kabi taniqli grossmeysterlar dona suradi.
Eslatib oʻtamiz, shaxmatchimiz Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha oʻtgan hafta yakuniga yetgan nufuzli “Tata Steel Chess-2023” turnirining “Masters” guruhida 8 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallagan edi. Yana bir shaxmatchimiz Javohir Sindorov esa ushbu turnirning “Chellenjer” guruhida 8,5 ochko bilan uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.