Turnir ikki – challenger va master guruhga boʻlingan. Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabariga koʻra, birinchi guruhda 14 nafar shaxmatchi oʻrtasida oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov ishtirok etmoqda. Ikkinchi guruhda Magnus Karlsen, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va boshqa koʻplab shaxmatchilar qatorida Nodirbek Abdusattorov ham bor.

Turnir davra tizimida 14 turdan iborat boʻlgani holda 29-yanvarga qadar davom etadi.