Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov, filologiya fanlari doktori, dotsent Dilnavoz Yusupova, filologiya boʻyicha falsafa doktori Olimjon Davlatovlar tomonidan yaratilgan yangi “Navoiyshunoslik” darsligi barcha nofilologik yoʻnalishlarda taʼlim olayotgan talabalar uchun yaxshi qoʻllanma boʻla oladi.

Kitobda Alisher Navoiy hayoti va ijodi hamda asarlari poyetikasi bilan bogʻliq eng muhim maʼlumotlar qamrab olingan.

Shuningdek, darslik navoiyshunoslikda qoʻlga kiritilgan eng soʻnggi yutuqlarni oʻzida aks ettirganligi bilan ham ahamiyatlidir. U 3000 nusxada “Akademnashr” nashriyoti tomonidan chop etildi.

Bugunning zamonaviy yoshlari dunyoqarashiga milliylik va insonparvarlikning singishida oʻzbek mumtoz adabiyoti, xususan hazrat Navoiy ijodining oʻrni beqiyos. Ushbu darslik har bir talabaga Navoiy merosidan bahramand boʻlishga, uni yaqindan tushunishga koʻmaklashadi.