Yarmarkada oʻz uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shugʻullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi. Tadbir doirasida sayyor qabullar va taniqli sanʼatkorlar ishtirokida koʻngilochar tadbirlar oʻtkaziladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur xabar orqali yarmarkada faol ishtirok etishga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga oz boʻlsada oʻz hissasini qoʻshishga chaqiriladi.

Xabarda, shuningdek, tadbir oʻtkaziladigan manzil Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Temur Malik koʻchasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi), vaqti va sanasi esa 6-noyabr soat 10.00 dan 17.00 gacha ekanligi koʻrsatilgan.