Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

    Ijtimoiy hayot 7 Noyabr 2021 1906

    «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetida nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi sohasidagi muammolarni aniqlashga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Anjuman kun tartibi markazidan xalqaro xayriya yugurishi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilish, turli shakldagi nogironlarni ish bilan ta'minlashga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi sohasidagi muammolarni aniqlash mavzulari o‘rin oldi.

    Tadbir Turizm va sport ishlari vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.

    Joriy yilda MDHdagi eng yirik institutlardan biri bщlgan «ROOI Perspektiva» yarim marafon inklyuziv dasturining asosiy hamkori sifatida nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini amaliy ta’minlash va inklyuziv bandlikni targ‘ib qilish bo‘yicha ishtirok etdi.

    Yarim marafon ta’lim dasturini ishlab chiqishda «Osobыy vzglyad» dasturi «Garaj» zamonaviy san’at muzeyi, Tretyakov galereyasi, A.S. Pushkin nomidagi Tasviriy san’at davlat muzeyi Rus impressionizmi muzeyi, «Boris yelsin prezidentlik markazi» kabi Rossiya Federatsiyasidan hamkasblar va hamkorlar ishtirok etdi.

    Muhokama chog‘ida ma’ruzachilar tomonidan mahalliy va xalqaro xususiy korxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha mavjud tajribalar taqdim qilindi, ularni bandlik sohasiga jalb etish bo‘yicha mamlakatimiz qonunchiligidagi qator imkoniyat va cheklovlar aniqlandi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.