Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq qonunchilikni takomillashtirishda muhim hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilindi.

Yalpi majlis muhokamasiga olib chiqilgan mazkur Qonun “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligi hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasidagi soʻnggi islohotlar inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilanadi.

Shuningdek, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga “tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” tushunchasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunidagi “nogironligi boʻlgan bolalar” tushunchasi batafsil yoritib beriladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.