Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida davomida 3 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda leskali toʻr yordamida baliq ovlayotgani aniqlandi.
Huquqbuzarlar S.T, D.A va U.B. larga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 16.005.000. soʻm miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrta Chirchiq tuman sudiga yuborildi. Noqonuniy baliq ovidagi 1 dona rezinali qayiq holatga huquqiy baho berilguniga qadar vaqtincha olib qoʻyildi.