Shundan:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda 8 395 ta (1 911 ga);
aholi punktlari yerlarda 6 331 ta (487 ga);
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarda 17 ta (2 ga);
oʻrmon fondi yerlarda 31 ta (3 ga);
suv fondi yerlarda 83 ta (2 ga),
zaxira yerlarda 559 ta (91 ga)ni tashkil etadi.
Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar:
15 416 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborildi;
yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 500 ta (1 173 ga) taqdimnomalar kiritildi;
2 655 ta (260,3 ga) holatda sudlarga kiritilgan daʼvo arizalariga asosan 496 ta (26,7 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish boʻyicha) qabul qilindi, 2 159 ta (233,6 ga) holat boʻyicha sud jarayoni davom etmoqda;
huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun 4 720 ta (805,9 ga) holat yuzasidan prokuratura organlariga maʼlumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.