Bu haqda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rasmiy bayonotida keltirilgan. Noqonuniy holatlarning 66 tasi Buxoro, 52 tasi Fargʻona, 47 tasi Surxondaryo viloyatida kuzatilgan.
Mazkur qonunbuzarliklar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga jami 11,6 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan.
Oʻtgan davr davomida suv taʼminoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari boʻyicha qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlari yuzasidan sudlarga 3 755 nafar isteʼmolchi tomonidan yetkazilgan jami 10,7 milliard soʻmlik zararni undirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.