Koʻrishning yomonligi (250 metr) “Red Wings” aviakompaniyasi reysini Fargʻonadagi muqobil aerodromga yoʻnaltirishga sabab boʻldi.
Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasining Maxachkala — Namangan yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan RA1123 reysi kutish hududida boʻlganidan soʻng Fargʻona xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi.
Bortida 76 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da Fargʻona aeroportiga qoʻndi. Yaqin soatlarda yoʻlovchilar Namangan aeroportiga yer usti transporti orqali yetkaziladi.
“Red Wings” aviakompaniyasining Namangan — Maxachqalʼa yoʻnalishi boʻyicha RA1124 reysi Fargʻona aeroportidan amalga oshiriladi. Shuningdek, yoʻlovchilar Namangan shahridan belgilangan aeroportga yer usti transportida yetkaziladi.