SHuni alohida ta'kidlash lozimki, norvegiyalik sportchilar norasmiy umumjamoa musobaqalarida anchadan buyon birinchilikni qo'ldan bermay kelyapti. Ularning 11 kunda qo'lga kiritgan medallari soni 26 taga etdi. Bu medallarning 12 tasi oltin, 7 tasi kumush va yana 7 tasi bronza.
Germaniyalik sportchilar hozircha ikkinchi o'rinni band qilib turibdi. Nemis sportchilari 9 ta oltin, 6 ta kumush hamda 3 ta bronza medalga egalik qilishyapti.
Musobaqalarning o'n birinchi kuni AQSH sportchilari bittadan oltin, kumush va bronza medallarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni saqlab qolishdi. Bugungacha ular hisobida 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medal` bor.