Tadbir doirasida vatandoshlarimizning yashash va ish sharoitlari oʻrganildi.
Oʻrganishlar jarayonida yurtdoshlarimizning mehnat xavfsizligi va yashash joylaridagi sharoitlar ish beruvchi tomonidan avvaldan taqdim qilingan kafolatlar doirasida ekani maʼlum boʻldi.
Vatandoshlarimizga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi. Ish beruvchi davlatning qonun qoidalariga qatʼy rioya etish zarurligi taʼkidlandi.