Ma'lumki, keyingi paytda qandli diabetga chalinganlar soni tobora ko'payib bormoqda. Bu kasallikka chalinganlarning ko'pchiligi parxez tutmaydi. To'g'rirog'i, parxez saqlashga qiynaladi. Shunday insonlarga no'xat iste'mol qilishni tavsiya qilamiz. Negaki, no'xat qondagi qand miqdorining tez pasayishiga yordam berar ekan. Bu haqda “ekspress” ham ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, no'xatning bu xususiyati uning tarkibida kletchatka va oqsil ko'pligi bilan bog'liq. Kletchatka uglevodlarning organizmga so'rilishini sekinlashtiradi. Natijada, ular sekin parchalanadi. Glyukoza ham shular qatorida bo'lib, u ortiqcha to'planib qolishga ulgurmaydi.
Mutaxassislarning aytishlaricha, bug'doyli mahsulotlar o'rniga kuniga bir mahal no'xatli taomlar iste'mol qilinsa, olti haftada qondagi qand miqdori sezilarli darajada pasayishi mumkin.
Bundan tashqari, mahsulot vazn ortishiga ta'sir qilish orqali glyukoza darajasini me'yorlashtirishga yordam beradi. Ma'lumotlarga ko'ra, no'xat iste'mol qilganda odam o'zini uzoqroq to'q his qiladi hamda zararli eguliklarga bo'lgan xohishini kamaytiradi.