“Qizil kitob”ga kiritilgan qor qoploni fotoqopqonga tushdi

    Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi “Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqon yaqinda noyob jonivor boʻlgan qor qoplonini suratga oldi.

    Tasvirga tushgan qor qoploni yirik jussali bilan ajralib turadi.

    Qor qoploni Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining roʻyxatiga kiritilgan, yoʻqolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan turi hisoblanadi.

    Oqshomda faol, kunduzi gʻorlarga, qoyalar orasiga berkinib yotadi. 2 yilda bir marta bolalaydi. Togʻ boʻylab yovvoyi tuyoqlilar ortidan yuqoriga va pastga mavsumiy koʻchib yuradi.

    Qor qoploni “Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasida ham doimiy muhofazaga olingan.