Mazkur murjaatga ko‘ra, Ekoinspeksiya xodimlari tomonidan e’londa ko‘rsatilgan telefon raqami orqali bog‘lanib, o‘rganish ishlari olib borildi va qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaroning manzili aniqlandi.

O‘rganishlar davomida fuqaro A.K. joriy yilning avgust oyida Farg‘ona tumanidagi Vodil qishlog‘idan A.K uyiga qaytayotgan vaqtida  sor qushining chap qanoti shikastlangan holda  topib olib, uyiga olib kelgani, uni shu kunga qadar veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib, parvarishlab kelganini va ayni paytda uni sotuvga qo‘yganidan pushaymonligini bildirib, o‘z ixtiyori bilan qushni  viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlariga topshirdi.

Sor qushi parvarishga muhtojligi sababli veterinariya ko‘rigidan o‘tkazildi va tegishli dalolatnomaga asosan Farg‘ona shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, sor qushi O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kirtilgan, deya vaziyatga oydinlik kiritdi Farg‘ona viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.