Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Shu yilning 8-oktyabr kuni soat 12:47 da Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, “Jeke Terek” MFY joylashgan qurilish mollari saqlanib kelingan omborxonada yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushdi.

Xabarga asosan 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 12:53 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:15 da batamom oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.