Unga ko‘ra, Nukus-Moskva-Nukus yo‘nalishidagi 9626 va 9625 reyslari joriy yilning 5 iyulidan 29 iyuligacha Urganch-Moskva-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha, ya’ni Nukus shahridan emas, balki Urganch shahri xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi. Ushbu reys vaqti o‘zgarmagan.
Shuningdek, 2022-yil 7-iyuldan 28-iyulga qadar 727 va 728 Nukus-Oqtov-Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlar yangi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi. Yangi jadvalga ko‘ra Nukusdan jo‘nab ketish ertalab soat 10:20 dan, Oqtovga yetib borish soat 11:50, Oqtovdan jo‘nab ketish sota 12:50, Nukusga yetib borish soat 14:15 da etib belgilandi.
Bundan tashqari, 2022-yil 29-iyul kuni Jidda-Nukus-Jidda 5308 va 5369 yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.