Viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat unitar korxonasiga 352 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi.
Mazkur ajratilgan mablag‘lar Nurafshon shahri "To‘ytepa" mahallasida joylashgan sobiq xalq banki binosini Ko‘zi ojizlar jamiyati binosiga moslab mukammal ta’mirlash xarajatlari uchun sarflanadi.