Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.I.” MCHJ masʼul shaxslari 4 ta MFY hududidagi koʻp qavatli turar joy binolarini rekonstruksiya qilishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali jami 462,9 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.