баннер
27 Mar 2025
08:08

    Nurota tumanidagi ayrim bogʻchalarda goʻsht yaroqsizligi aniqlandi

    Aynan qaysi bogʻchalarda bunday holat qayd etilganiga aniqlik kiritmagan.

    Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi ayrim bogʻchalarda goʻsht isteʼmolga yaroqsizligi aniqlandi.

    Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi.

    Xabarda aytilishicha, tumandagi maktab va bogʻchalarda oʻquvchi hamda tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish holati jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganilgan. Jarayonda qator kamchiliklarga duch kelingan. Jumladan, oʻrganishlar natijasida ayrim maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish qoidalariga rioya qilinmayotgani kuzatilgan. Ayrim bogʻchalarda esa goʻsht mahsulotlarining 4/1 qismi yaroqsiz holatda ekani qayd etilgan.

    Federatsiya tumandagi aynan qaysi bogʻchalarda bunday holat qayd etilganiga aniqlik kiritmagan. Oʻrganish ishlari davom etayotgani, uning yakunlari va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha tegishli tashkilotlarga maʼlumot taqdim etilishi bildirilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech