Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida Prokuratura organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoringda jami 678 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar koʻrilgan. Shu bilan birga, oʻtgan davrda prokuratura organlari aralashuvi talab etiladigan tanqidiy materiallar soni 496 tani tashkil etgan.
Ushbu tanqidiy materiallar prokuratura organlari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, barchasiga rasmiy bayonotlar berilgan.
Tanqidiy materiallar boʻyicha qoʻpol qonun buzilish holati boʻyicha 29 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 32 ta fuqaroning huquqlari tiklangan.
Davlat organlarining huquqiy hujjatlarini tizimli ravishda oʻrganish natijasida:
- 26 mingga yaqin qonunga zid hujjatlarga protest keltirildi, qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida tegishli idoralarga 14 mingta taqdimnoma kiritildi;
- 640 mlrd. soʻm zararni undirish haqida sudlarga 15 mingdan ortiq arizalar kiritildi;
- 225 ming nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.