Ogʻir atletika: Ogʻabek Toʻxtayev jahon chempionatining siltab koʻtarish mashqida 177 kilogramm natija qayd etdi

    Ayni kunlarda Gretsiyaning Iraklion shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati davom etmoqda.

    Kecha oʻgʻil bolalar oʻrtasida -73 kilogramm vazndagi bahslar oʻtkazildi va unda hamyurtimiz Ogʻabek Toʻxtayev ham munosib ishtirok etdi.

    Dast koʻtarish mashqida Ogʻabek dastlabki urinishida 133 kilogramm toshni koʻtargan boʻlsa, keyingi urinishida 136 kilogramm toshni oʻziga boʻysindirdi. Biroq, soʻnggi urinishda sportchimizga 139 kilogramm tosh ogʻirlik qildi.

    Siltab koʻtarish mashqida esa hamyurtimiz oʻzining barcha urinishlaridan samarali foylandi va oʻz ishtirokini 177 kilogramm natija bilan yakunladi.

    Ikkikurashda koʻra umumiy hisobda 313 kilogramm natija qayd etgan Ogʻabek Toʻxtayev yakunda 4-oʻrin bilan cheklandi. Shunday boʻlsa-da, ushbu jahon chempionati yosh sportichimiz uchun katta tajriba maktabi vazifasini oʻtashiga ishonamiz.

    Jahon chempionatida kuchli uchlik esa quyidagicha koʻrinish oldi:

    Oʻgʻil bolalar, -73 kg vazn toifasi

    1. Rizqi Juniansyah (Indoneziya) – umumiy 341 kilogramm (dast koʻtarish – 156 (rekord) + siltab koʻtarish – 185 kilogramm);

    2. Aleksey Churkin (Qozogʻiston) – 329 (146 + 183) kilogramm;

    3. Rayan Grimsland (AQSH) – 327 (145 + 182) kilogramm;

    4. Ogʻabek Toʻxtayev (Oʻzbekiston) – 313 (136 + 177) kg.

    Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

    Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati