Ushbu tanlovda “Tarix va ijtimoiy fanlar” yoʻnalishida "Oilalarga koʻrsatiladigan sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar uchun mobil ilova yaratish” mavzusi eʼlon qilingan edi. Majlisda ushbu mavzu boʻyicha kelgan loyihalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari, shuningdek, 2017- 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan oilalarning rivojlanishiga, mustahkamlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki davlatning, jamiyatning asosi, poydevori oila hisoblanadi. Zero, dastlabki ijtimoiylashuv oiladan boshlanadi.
Oilalarda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yordam berish maqsadida koʻplab davlat, nodavlat va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi. Oilalardagi ogʻir hayotiy vaziyat (nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik, kam taʼminlanganlik, keksa yoshdagi yolgʻizlik va boshqa holatlar) oqibatida qoʻshimcha ravishda ijtimoiy himoya va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar davlat ijtimoiy himoya tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ogʻir turmush sharoitga tushib qolgan oilalarga oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahallalar),sogʻliqni saqlash organlari;mehnat organlari;pensiya taʼminot organlari; mahalliy hokimliklar; vasiylik va homiylik organlari;nodavlat notijorat tashkilotlar; tadbirkorlik subyektlari birgalikda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishi kerak. Bunda tezkor va sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun oilalarga axborot kommunikatsion texnologiyalarning mobil ilova dasturlaridan foydalanish zaruriyati tugʻilmoqda.
ITK majlisida loyihalar atroflicha muhokama qilindi va tegishli qaror qabul qilindi. Loyihani moliyalashtirish boʻyicha yakuniy xulosa Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼati tomonidan beriladi.