Ish beruvchi xodimni bir qator asoslar bilan ishdan boʻshatishi mumkin, mazkur holatlarda ish beruvchi quyidagi muddatlarda xodimni ishdan boʻshatish haqida ogohlantirishi shart:
-(tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtatlar oʻzgarganda – kamida 2 oy oldin (yaʼni, 2 oydan koʻproq muddat 3, 4 oy, 2 oy-u 10 kun va h.k);
-tashkilot rahbari, oʻrinbosarlari, bosh buxgalter va alohida boʻlinma rahbari mulkdor oʻzgarganligi uchun ishdan boʻshatilganida – kamida 2 oy oldin;
-xodim malakasi yetarli boʻlmaganligi uchun bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli boʻshatilganda – kamida 2 hafta oldin;
-xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun ishdan boʻshatilganda – kamida 3 kun oldin.
- Ayrim toifadagi xodimlar uchun ogohlantirish muddatining alohida muddati belgilangan:
-mavsumiy ishda ishlaydigan xodimni tashkilot tugatilganda, shtat oʻzgarganda kamida 7 kun oldin, malakasi yetarli boʻlmaganida kamida 3 kun oldin, oʻzining aybli harakati bilan boʻshatilganda 1 kun oldin;
Mavsumiy ishlar – iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ish.
- vaqtinchalik xodimlar korxona tugatilganda, shtat oʻzgarganda xodim malakasi yetarli boʻlmaganda kamida 3 kun oldin, oʻzining aybli harakati bilan boʻshatilganda kamida 1 kun oldin.
- Ikki oygacha boʻlgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band boʻlgan shaxslardir.
- Ogohlantirish yozma shaklda, imzo qoʻydirib amalga oshiriladi.
-Ogohlantirish muddati pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.
- Ogohlantirish muddati ichida xodimga boshqa ish topish uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi, bu kunda xodimning ish haqi saqlanadi. Ushbu imtiyoz xodim oʻzining aybi bilan ishdan boʻshatilganda berilmaydi.
- Ogohlantirish muddatiga xodimning kasal boʻlgan vaqti, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Korxona tugatilganda esa hamma vaqt kiritiladi, istisno yoʻq.
- Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik, Senat aʼzosi vazifalarini bajarish, harbiy majburiyatni bajarish va boshqa bir qator ishlarni bajargan vaqt kiradi.