Bu haqda “Kapitalbank” ATB amaliyot boshqaruvchisi Oʻrtachirchiq tuman Ichki ishlar boʻlimiga yoʻllagan arizasida maʼlum qilgan va bu nomaʼlum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻrtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat Oʻrtachirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli E.A., 22 yoshli S.N. va 23 yoshli Yu.D.,lar tomonidan bir guruh boʻlib sodir etilgani aniqlangan.
Tergov davomida, qonunbuzarlardan mazkur bankomatni qayerga yashirgani soʻralganda, ular bankomatni temir jism yordamida buzib ochishgani, bankomat ichida pul boʻlmagani sababli uni Toshkent shahar Bektemir tuman hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosiga tashlab yuborishganini maʼlum qilgan.
Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.