Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanida yashovchi, muqaddam oʻgʻrilik, talonchilik jinoyatlari uchun sudlangan 36 yoshli (erkak) K.S. sodir etgani aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, K.S., J.B.ga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Mobiuz” aloqa kompaniyasi operatori sifatida tanishtirgan va uning raqamiga ochilgan pullik xizmatlarni oʻchirish uchun “sms-xabarnoma” orqali kelgan maxfiy kodni soʻrab, bilib olgan.
Natijada, K.S. J.B.ning bank karta boshqaruv huquqini qoʻlga kiritgan va J.B. sezib qolmasligi uchun maʼlum vaqt davomida, yashirin tarzda jami 2.055.000 soʻm pullarni boʻlib-boʻlib boshqa kartaga oʻtkazib olgan. Shundan soʻng, K.S. jinoiy yoʻl bilan topgan mablagʻlarni yanada koʻpaytirish uchun «1Xbet” oʻyiniga tikib, yutqazib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan K.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, K.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.