Oʻtkazilgan reydlarda Piskent tumani hududidan oqib oʻtuvchi Ohangaron daryosining eski oʻzanida qum-shagʻal aralashmalari yuklagich yordamida qazilib, "HOWO" rusumli yuk transport vositasiga yuklab berilayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 3 milliard 696 million 204 ming 960 soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda. Shuningdek, avtotransport vositalari Piskent tumanida joylashgan jarima maydoniga joylashtirildi.