Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.J. “Birlik” MFY hududidagi xonadonda qogʻoz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ibrat” MFY hududidagi noturar qurilish obyektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyib, jami 138,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.