Bu haqda gastroenterolog, tibbiyot fanlari doktori Vladimir Neronov aytib o'tdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, issiq mavsumda iste'mol qilinadigan an'anaviy taom foydali, biroq ayrim hollarda surunkali kasalliklarning kuchayishiga sabab bo'lishi mumkin. Shfokorning aytishicha, bundan, ayniqsa, oshqozon osti beziga ko'proq zarar ko'radi.

Shifokorning aytishicha, okroshkani tayyorlashda bir qator qoidalarga rioya qilish kerak. Harorat nuqtai nazaridan, okroshka judayam sovuq holatda bo'lmasligi kerak.

Gastroenterolog okroshkaning gazlangan suvda va nordon qilib tayyorlanadigan turlari ovqat hazm qilish organlariga eng ko'p salbiy ta'sir ko'rsatishini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi aif.ru.