Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi

    Sport 11 Mart 2023 1437

    Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Bokuda oʻtayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi.

    Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

    Ikki urinish natijasiga koʻra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Yurtdoshimiz faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball toʻpladi. Shu tariqa, sportchimiz qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor boʻlgan edi.

    Hakamlar Oksananing chiqishini 13.433 ball bilan baholadi. Bundan oldingi bosqichlarda u bronza medallarini qoʻlga kiritgandi.

    Tayanib sakrash (ayollar):

    Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
    Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 13.433
    Linmin Yu (Xitoy) – 13.383