Muloqotda keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohadagi izchil va keng koʻlamli islohotlar, ochiqlik va oshkoralik prinsiplari boʻyicha faoliyat olib borilayotgani, saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar yuzasidan maʼlumot berilib, xususan Saylov kodeksi qabul qilinganligi, bu yilgi Prezident saylovi ushbu kodeks asosida boʻlib oʻtgani qayd etildi.

Farxan Nizami Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholab, yurtimizda oʻtkazilgan saylov jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilganini taʼkidladi. Siyosiy jarayonda yangi texnologiyalardan unumli foydalanilgani, jismoniy imkoniyati cheklangan saylovchilarga yaratilayotgan sharoitlar eʼtiborga molik ekani qayd etildi.

Uchrashuvda diniy sohadagi oʻzgarishlar, Markaziy Osiyo buyuk olimlarining ilmiy merosini oʻrganish va ommalashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro maydonda “maʼrifatli islom” gʻoyalarini targʻib qilish, Oksford markazi va Oʻzbekistonning tegishli tadqiqot markazlari oʻrtasida ilmiy-tadqiqot yoʻnalishidagi hamkorlikni kuchaytirish va boshqa masalalar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.