Bu haqda “Yangi Oʻzbekiston” tahririyatiga ayni paytda Oksford islom tadqiqotlari markazida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borayotgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shukurillo Umarov xabar qildi.

Taʼkidlash joizki, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan “Sunani Termiziy” kitobidan joy olgan hadisi shariflar sharhi bilan tarjima qilinib, hozirga qadar uch jildda nashr qilindi.

Taqdimot jarayonida ishtirokchilar mamlakatimiz azaldan qomusiy allomalar yurti boʻlganligi, bu zamindan insoniyat tamadduni rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ siymolar yetishib chiqqanini, ular qoldirgan boy adabiy mersoni oʻrganish va dunyoga yoyish bugungi avlod uchun ulkan masʼuliyatli ish ekani taʼkidlandi.

- Oʻzbekiston – butun islom allomalarini yetishtirib bergan zamin. Bu diyorning shonli tarixini va allomalari tomonidan qoldirib ketilgan boy maʼnaviy merosni chuqur oʻrganish, tatqiq etish, yosh avlodga yetkazish yoʻlidagi amaliy harakatlar tahsinga sazovor.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyormiz, - deydi Oksford islom tadqiqotlar markazi direktori Farhang Nizamiy.

Azimbek Samadov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.