20 yil avval premera qilingan o'tkir syujetli koreys trilleri «Oldboy» yubiley munosabati bilan kinoteatrlarda qaytadan namoyish etildi. Kutilmagan jihati shundaki, film 5 kun ichida kassada taxminan 880 ming dollar yig'di. 2003-yildagi ilk premerada esa bu ko'rsatkich 707 ming dollar bo'lgandi. Ya'ni, remasterlangan film originalidan ko'proq daromad ko'rdi.

Film nima haqida?

1988-yilning odatiy kunlaridan birida ishdan uyga qaytayotgan oddiy bir odamni o'g'irlab ketishadi. U shu kundan buyon hech qanday tushuntirishlarsiz 15 yil davomida oynasiz xonada tutqunlikda saqlanadi. Bu orada uning qiz farzandi katta bo'ladi, xotini o'ldiriladi, o'zi esa qotilga chiqariladi.

15 yil o'tgach, yana hech qanday izohsiz uni ozod qilishadi. endi yangi hayotga moslashishi, oilasini topishi va nega buncha vaqt asirlikda ushlanganini aniqlashi kerak. Pak Chxan-Uk rejissyorligidagi «Oldboy» Janubiy Koreyaning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri hisoblanadi.