Miyaning ijro etuvchi funksiyalari impulslar va hissiyotlarni boshqarish, diqqatni jamlash, ko'p bosqichli ko'rsatmalar va murakkab vazifalarni bajarish uchun mas'ul sanaladi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, gajetdagi doimiy yorug'lik, miltillash va gadjetlar ekranidagi o'zgaruvchan lavhalar bolaning miyasiga ortiqcha yuklama beradi.
Tadqiqot bir necha yil davomida o'tkazildi. Unda 500 dan ortiq bolalar ishtirok etdi. Ekran ortida o'tkazgan vaqtiga qarab, ular bir necha guruhlarga bo'lingan. Bir, bir yarim va to'qqiz yoshli bolalar sinovdan o'tkazildi, deyiladi aif.ru saytida.