Mutaxassislar bariatrik (oshqozonning bir qismini olib tashlash amaliyoti) va yurak jarrohligidan oʻtgan yigirma ikki kishining yogʻ toʻqimasidan namunalar olib, laboratoriya sharoitida namunalarga tarkibida koronavirus boʻlgan eritma bilan taʼsir koʻratdilar.

Virus yogʻ toʻqimalariga kirib borishi, ularda koʻpayishi va keyin boshqa toʻqimalarga tarqalishi mumkinligi aniqlandi. Yogʻ toʻqimasida koʻplab immun hujayralari mavjud. COVID infeksiyasi esa ularni faollashtirib, yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi. Keyin u qoʻshni hujayralarga taʼsir oʻtkazadi va sekinlik butun organizmning faoliyatini buzadi.

Ushbu tadqiqot natijasida ortiqcha vaznli odamlarning COVIDdan oʻlim ehtimoli nima sababdan oʻn baravar yuqori ekanligini tushunish mumkin — qancha yogʻ koʻp boʻlsa, yalligʻlanish ham shuncha koʻp boʻladi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, koronavirusdan vafot etganlarning yuragi atrofidagi yogʻ toʻqimalarida COVID-19 virusini aniqladilar. Ehtimol, aynan shu infeksiya marhumlarning yurak-qon tomir tizimlariga taʼsir qilgan.

Qizigʻi, yogʻ hujayralari yuzasida koronavirus kirishi uchun imkoniyat beradigan ACE2 oqsilining molekulalari kam miqdorda aniqlandi. Demak, virus yogʻ toʻqimalariga kirib borishi uchun anʼanaviy mexanizmlardan emas, boshqacha usuldan foydalanadi.

Koʻpgina COVIDga qarshi dori preparatlari koronavirusni ACE2 bilan bogʻlashga qaratilgan. Agar mazkur mualliflarning tadqiqot natijalari tasdiqlansa, yogʻ toʻqimalaridagi viruslarni oʻldiruvchi yangi dorilar talab etilishi mumkin.

Shuningdek, yogʻ toʻqimasi virus uchun rezervuar rolini oʻynashi mumkin. Bu esa virusning yogʻda koʻpayib, uzoq davom etadigan koronavirus belgilarini keltirib chiqaradi.