Olimlar tarixda birinchi marta ulkan ellips shaklidagi M87 galaktikasining uch o'lchamli xaritasini tuzishdi. 

Xarita Gabbl teleskopi va Gavayidagi Kek rasadxonasi yordamida yaratildi.

“Biz M87 galaktikasining 3D xaritasini uning markaziy supermassiv qora tuynuk atrofidagi yulduzlar harakatini o'rganish orqali yaratdik. Bu ma'lumotlar M87 qora tuynuk massasini ham aniqroq aniqlashga yordam berdi. Agar avvalgi tadqiqotlar uning og'irligi Quyoshnikidan 6,5 milliard barobar ko'p ekanini ko'rsatgan bo'lsa, yangi hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, qora tuynukning og'irligi Quyosh massasidan 5,4 milliard marta ko'pdir”, — dedi tadqiqotchilar.

M87 galaktikasining og'irligi Somon yo'linikidan taxminan 10 baravar ko'p. Yaqin atrofdagi kichikroq galaktikalarning yutilishi tufayli uning hajmi o'sgan, deb xabar beradi korrespondent.net.