Olimlar o‘zini-o‘zi dezinfektsiya qiluvchi niqob yaratdi. U virusni o‘ldira olishi mumkin ekan

    Fan 18 Iyun 2020 2537

    Isroillik tadqiqotchilar bir necha marta foydalansa bo‘ladigan tibbiy niqob yaratdi. E'tiborlisi, ushbu niqob o‘zini-o‘zi dezinfeksiya qilishi mumkin ekan. Bu haqida "Uzreport" xabar bermoqda.

    Olimlarning ma'lum qilishicha, ular yaratgan innovatsiya mobil qurilmani quvvatlovchi uskuna yordamida o‘zidan past darajadagi issiqlikni taratadi. 10 vatt quvvatlikdagi kuch 65-70 darajadagi issiqlikni bera oladi, ushbu harorat esa virusni o‘ldirish uchun etarli.

    Tibbiy niqob USB port bilan jihozlangan. Quvvatlantiruvchi uskunaga ulanganidan so‘ng karbon tolalar asta-sekinlik bilan qizishni boshlaydi. Virusni o‘ldirish uchun niqobni 30 daqiqa davomida taqish lozim.

    Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ular yaratgan tibbiy niqob ekologik toza mahsulotdir.

    2020 yilda dunyo bo‘ylab besh milliardga yaqin tibbiy niqoblar ishlab chiqarildi. Ularning ekologiyaga ta'siri esa havotirli. Innovatsiyaning narxi $1 dollar atrofida bo‘lishi tahmin qilinmoqda.