Annel Ruxola-Beyker boshchiligidagi Vashington universiteti biologlari tishlarni tiklashning yangi texnikasini taqdim etdi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, ildiz hujayralari inson tanasida turli xil hujayralarga aylana oladi. Xususan, tajriba davomida olimlar ildiz hujayralarini ameloblastlarga – tish emalini hosil qiluvchi hujayralarga aylantirish imkoniyatini sinab ko'rdi.
Bunday ameloblastlar haqiqiy oqsillarni sintez qilishi aniqlandi. Bundan tashqari, boshqa ildiz hujayralari odontoblastlarga – dentin ishlab chiqarish uchun mas'ul bo'lgan hujayralarga, tish emalining ostidagi qattiq to'qimalarga aylantirildi. Ameloblastlar va odontoblastlarning birgalikda yetishtirilishi organoidlar, mikroskopik tuzilmalarning hosil bo'lishiga olib keldi. Ular emalning kimyoviy tarkibiy qismlarini muvaffaqiyatli sintez qildi. Shu bilan birga, ikkala turdagi hujayralarning mavjudligi emal oqsillarini kodlovchi genlarning faollashuviga ta'sir ko'rsatdi. Bu tiklanish jarayoniga yanada samarali ta'sir ko'rsatdi.
Keyingi bosqichda amerikalik olimlar klinik sinovlarni boshlash uchun mazkur jarayonni yaxshilashni rejalashtirmoqda. Ular tez orada organoidlar asosidagi biologik implantlar shikastlangan tishlarni qayta tiklash uchun ishlatilishiga umid qilishmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.









