Tadqiqotda 60 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Ulardan bilaklarida yetti yil davomida akselerometr taqib yurish so'raldi. Tadqiqotda ishtirok etganlar orasida qandli diabet rivojlanishining yuqori genetik xavf omillari bo'lgan odamlar ham bor edi. Bunday bemorlarda kasallik xavfi 2,4 baravar yuqori.

Kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, kuniga bir soatdan ko'proq vaqt davomida o'rtacha yoki kuchli intensivlikdagi jismoniy faollik bilan shug'ullanadigan odamlarda qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanish xavfi besh daqiqadan kamroq vaqt davomida mashq qilganlarga qaraganda 74 foizga kamaydi. Bundan tashqari, hatto irsiy moyilligi bo'lgan bemorlarda ham ijobiy natija qayd etildi, deb xabar beradi mir24.tv.